Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda Davlat xizmatlari markazining yangi binosi foydalanishga topshirildi

Shu munosabat bilan o‘tkazilgan marosimda viloyat hokimi Erkinjon Turdimov, davlat va jamoat tashkilotlari, keng jamoatchilik vakillari, jurnalist hamda blogerlar ishtirok etdi.

3,2 milliard so‘m mablag‘ evaziga “Qobil Quruvchi Servis” mas’uliyati cheklangan jamiyati tomonidan bunyod etilgan bino qurilishida zamonaviy qurilish materiallaridan foydalanildi. Ya’ni, sendvich paneldan tiklangan, umumiy maydoni 860 kvadrat metr bo‘lgan binoda birorta ustun o‘rnatilmagan. Bir vaqtning o‘zida 16 nuqtada aholiga tezkor va sifatli davlat xizmatlari ko‘rsatiladi. Kuniga 800-1000 nafar fuqaro markaz xizmatlaridan foydalanishi mumkin.

Aholiga qulayliklar yaratish maqsadida binoda bolalar maydonchasi, kutubxona, investorlar uchun xonalar ajratilgan. Beshta monitor orqali elektron navbatni kuzatish imkoniyati mavjud.

Markazda shuningdek, Bosh vazirning tadbirkorlar qabulxonasi, huquqiy maslahatxona, notarius, ichki ishlar idorasining migratsiya va fuqarolikni rasmiylashtirish bo‘limi, haydovchilik guvohnomalari berish xizmati faoliyati ham yo‘lga qo‘yilgan.