Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda davlat-xususiy sheriklikda yangi bog‘cha foydalanishga topshirildi

Samarqand viloyatining Payariq tumani Go‘zal mahallasida tadbirkor Barno Tugalova tomonidan 100 o‘rinli davlat-xususiy sheriklik asosida maktabgacha ta’lim muassasasi foydalanishga topshirildi.
Ikki qavatdan iborat, barcha sharoitlar yaratilgan bog‘cha uchun 2 milliard so‘m mablag‘ sarflandi.
- Bolalarning har tomonlama sog‘lom voyaga yetishlarida sportning alohida o‘rni bor, - deydi tadbirkor B.Tugalova. – Shuning uchun bog‘chamizda futbol maydonchasi, yozgi va qishki o‘yingohlar, tadbirlar o‘tkazish uchun tomosha zallari barpo etildi.

Shirinboy MAMADALIYEV.