Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda go‘sht arzonlashdi. Ammo qolgan mahsulotlar savdosi qachon tartibga solinadi?

Tuman markazidagi bozorda go‘shtning 1 kilogrami 55 ming so‘mdan sotilyapti. Tuman vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi xodimlari tomonidan Xalqobod ko‘chasida faoliyat yuritayotgan 9 nafar qassobdan 7 nafari bozorda savdo qilmoqda. 2 ta go‘sht do‘konlari yopildi. Endilikda barcha qassoblar "Payariq dehqon bozori" da faoliyatini davom ettiradi.

Kecha tuman hokimi Dilshod Musinov ushbu bozorda tegishli tashkilot rahbarlari bilan uchrashgandi. Oziq-ovqat narxining sun’iy oshirilishiga yo‘l qo‘ymaslik, yaratib berilgan sharoitlardan unumli foydalanish bo‘yiicha tegishli tavsiyalar bergandi. Shu bois kunning birinchi yarmida tuman vetenariya va chorvachilikni rivojlantirish bo‘limi rahbariyati tomonidan samarali ishlar amalga oshirildi.

Ammo bu birinchi sektor rahbari, tuman hokimining bergan topshirig‘i to‘liq bajarildi degani emas. Jumladan, tuman IIB, soliq inspeksiyasi, sanitariya-epidimalogik osoyishtalik markazi o‘zining vakolatlari doirasida hamkorlik qilsalar tuman markazidagi bozor yanada tartibga kelarmidi? Sababi, tuzlangan bodring, pomidor, karam salati sotayotganlar ko‘cha bo‘yida savdo qilyapti. Shuningdek, belgilanmagan joyda non, guruch, kartoshka, piyoz, sabzi va boshqa ro‘zg‘orga kerakli, zarur bo‘lgan oziq-ovqat mahsulotlarini bozor ichkarisiga kiritish lozim. Ana shunda xaridor uchun birmuncha qulaylik yaratib berilgan bo‘ladi.

Sherzod BAXRIYeV,

Xalq deputatlari Payariq tumani kengashiga 16-Obod saylov okrugidan saylangan deputat.