Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda oilaviy bog‘chalar soni 88 taga yetdi

Kecha, 18 sentyabr kuni Payariq tumanidagi Ismoil Buxoriy mahallasida yashovchi tadbirkor Suhrob Umarovning sa’y-harakati bilan 25 nafar bolajonlar oilaviy nodavlat maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyalanuvchisiga aylandi.

- Bugungi bog‘chalar kechagidek emas, - deydi Payariq tumani maktabgacha ta’lim bo‘limi mudiri Ne’mat Zoirov. – Bir paytlar bog‘chalardan ko‘pchilikning ko‘ngli sovigandi. “Qo‘y bolam, shu bog‘chaga borib nima qilasan. Bog‘cha opalaring uxlatishdan boshqa narsani bilmaydi. Buning ustiga qorning to‘ymasligi mumkin, u yerda” deyishardi. Bugun sohaga butunlay boshqacha e’tibor qaratilmoqda. Hamma narsa bolajonlarga, ularning sog‘lom va barkamol voyaga yetishlari uchun barcha sharoitlar muhayyo etilyapti. Shuning uchun bunday sharoitdagi maskanlarga qiziqish kundan-kunga ortib boryapti.

Hozirda tumanimizda 45 ta davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyat ko‘rsatmoqda. Oilaviy nodavlat MTTlar soni 88 taga yetdi. O‘z-o‘zidan maktabgacha ta’lim muassasalarimizga bolajonlarni qabul qilish quvvatimiz ham shunga yarasha bo‘layotir.

Husniddin XOLDOROV.