Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Payariqda o‘quvchi muntazam darslarga qatnashmay kelgani aniqlandi

Farzand tarbiyasi, maktabda tahsil olishi kamolotga yetgunga qadar ota-onaning zimmasida ekanligi haqida Konstitutsiyada ham belgilab qo‘yilgan. Lekin ayrim holatlarda ushbu vazifalarni ba’zi ota-onalar esdan chiqarib qo‘yishmoqda.

Payariq tumanining Fidlkor mahallasida yashovchi, 23-maktab o‘quvchisi D.Musurmonova hozirgi vaqtda muntazam darslarga qatnashmay kelmoqda. Shu munosabat bilan tuman hokimi o‘rinbosarlari F.Omonov, D.Mamasoliyeva, voyaga yetmaganlar ishlari bo‘yicha tuman idoralararo komissiya mas’ul kotibi A.Abjalov, tuman ichki ishlar bo‘limi, mahalla va maktab ma’muriyati tomonidan bolalarni ta’limga jalb qilish maqsadida o‘tkazilgan profilaktik tadbir doirasida D.Musurmonovaning xonadonida bo‘lishdi hamda qizning otasi va o‘zi bilan suhbat olib borildi.

O‘quvchining muntazam dars qoldirishi jarimaga sabab bo‘lishi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 47-moddasida belgilab qo‘yilgani, ushbu holatlar yana takrorlangan taqdirda "Respublika qiz bolalar maxsus o‘quv, tarbiya muassasasi"ga yuborilishi haqida qizning otasi A.Arziqulovga tushuntirildi.

Bu haqda Payariq tuman hokimligi ma’lum qildi.