Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Peruning hududiy merlaridan biri komendant soati qoidalarini buzib, qo‘lga tushib qolmaslik uchun o‘zini o‘lganga soldi

Peru g‘arbida joylashgan Kastrovirreyna viloyati tumanlaridan birining meri mamlakatda koronavirus tufayli joriy etilgan komendant soati qoidalarini buzib, qo‘lga tushib qolmaslik uchun tobutning ichiga kirdi va o‘zini o‘lganga soldi. Bu haqda Comercio nashri xabar berdi.

Taqdim etilgan ma’lumotga ko‘ra, tuman rahbari Tantana Xayme Ronaldo Urbina Torres kechki vaqt o‘z do‘sti bilan spirtli ichimlik ichib o‘tirgan vaqtda milliy politsiya xodimlari kelib qoladi. U politsiyachilar koronavirusdan vafot etgan, deb o‘ylashlari uchun yonida turgan tobutga yotib oladi. Keyinchalik OAVda Urbina Torresning tobut ichida niqob taqqan holda yotgan surati paydo bo‘ldi.

Biroq politsiya xodimlarini aldashning iloji bo‘lmadi. Janob Torres hibsga olindi va politsiya mahkamasiga yetkazildi. Ma’lum qilinishicha, politsiya mahkamasiga kelgan mer mast holatda bo‘lgan.