Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pochvon aholisi bugundan maishiy gaz ballonlari bilan ta’minlanadi

Joriy yilning 26 oktyabrida Zarnews.uz telegram kanalida “Gazning litrini 4300-4500 so‘mdan sotib olishga imkoniyatimiz yo‘q” sarlavhasi ostida e’lon qilingan murojaatda Urgut tumanining Pochvon qishlog‘i aholisiga suyultirilgan gaz ballonlari vaqtida almashtirib berilmayotgani bayon etilgan.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali mazkur murojaat yuzasidan quyidagilarni ma’lum qiladi:

Urgut tumani Pochvon mahallasi aholisi oxirgi marotaba joriy yilning 1-10 sentyabr kunlari suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlangan.

Mahallaga bugundan boshlab suyultirilgan gaz to‘ldirilgan ballonlar yetkazib berish boshlangan.

Iste’molchilardan suyultirilgan va tabiiy gaz ta’minotiga doir murojaatlar yoki jamiyat xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlariga guvoh bo‘linganda filialning 104 xizmati yoki Call-markaziga (66) 239-78-02 raqamlari orqali) qo‘ng‘iroq qilishlarini so‘raymiz.

“Hududgaz Samarqand” gaz ta’minoti filiali axborot xizmati.