Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

"Pole chudes" boshlovchisi Leonid Yakubovich jiddiy jazolanishi mumkin

"Pole chudes" ko‘rsatuvi boshlovchisi Leonid Yakubovich katta mojaroga o‘ralashib qoldi. U Cheboksari shahrida yo‘l harakati qoidalarini qo‘pol tarzda buzib, o‘z avtomobilini piyodalar yo‘lakchasiga chiqib boshqargan.

"Ekspress gazeti" bergan xabarga ko‘ra, Yakubovich Cheboksari shahriga Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni munosabati bilan Cheboksari shahridagi "Qizil maydon"da "Birinchi kanal" o‘tkazgan xayriya tadbiriga tashrif buyurgan. O‘z avtomobilida tadbirga borayotgan Yakubovichni u bilan yonma-yon ketayotgan avtobus yo‘lda siqib qo‘ygan. Bundan jahli chiqqan Yakubovich o‘z boshqaruvidagi "Lexus"ni piyodalar yo‘lakchasi tomon yo‘naltirgan va yo‘lakcha bo‘ylab katta tezlikda harakatlanib avtobusning old tomoniga o‘tib mashinani to‘xtatgan va avtobusning harakatlanishini to‘sib qo‘ygan.

Voqea nafaqat Cheboksari shahrida, balki butun mamlakat bo‘ylab shov-shuvga aylanib ketgani  uchun Yakubovich mamlakatdagi taniqli va obro‘li shaxs ekaniga qaramay Cheboksari shahar YHX xodimlari uning qoidabuzarligini imi-jimida yopib yubora olmaganlar va Yakubovichning qoidabuzarligi haqida ish ochganlar. U piyodalar yo‘lakchasida o‘z avtomobilini katta tezlikda boshqarib, piyodalar hayotiga xavf solganlikda ayblanmoqda.