Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident achinib gapirgan - yeyishga noni, yig‘lashga yoshi, to‘shashga sholchasi yo‘q uylarning rasmi e’lon qilindi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Oliy Majlis Senatining kecha bo‘lib o‘tgan birinchi yig‘ilishida Sirdaryoda uyma-uy yurilganda yeyishga noni yo‘q, uyida to‘shashga sholchasi yo‘q, dori olishga puli yo‘q, yig‘lashga ko‘zida yoshi yo‘q ayollar borligi aniqlangani haqida to‘xtalib o‘tgandi.

O‘zAda ushbu og‘ir ahvolga tushayotgan oilalarning yashash joylari va sharoitlarining fotolari e’lon qilindi.

Majlisda mas’ul shaxslarning hisobotni hisobot uchungina tayyorlayotgani ham tanqid qilindi. Demak, haqiqiy ahvol qolib, “bizda hammasi yaxshi”, deb “yaxshi” ko‘rinishga urinishlar jamiyatimizda hali barham topmagan.

Joylardagi rahbarlar yuqori lavozimli rahbar kelsa, chiroyli joylarni ko‘rsatishni “kasb” qilgan. Hunuk joylarga hech bo‘lmasa chiroyli parda tortib qo‘yiladi. Lekin bu bilan kim kimni aldayapti?

"Bu rasmlarga nazar tashlab, vijdoni uyg‘oq mas’ul rahbarlar, homiylar bu manzilga shoshishi kerak, degan fikrga keldik", deyilgan xabarda.

3b7a3dba-3d51-4c01-9200-3373e8eb3d57_cr.jpg

18c2cadd-ddea-4850-8083-4466dc0cb32e.jpg

52e85201-be2e-47a5-a2f0-5ae8a958cecf.jpg

dd470d96-8d78-4f29-8172-b972db4daf86.jpg