Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident Murodjon Ahmadaliyevga 3 xonali uy va avtomobil sovg‘a qildi

Ikki vazn toifasida jahon chempioni Murodjon Ahmadaliyev Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi.

So‘ngra Olimpiya shon-shuhrati muzeyida bokschimizni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.

Marosimda O‘zbekiston Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston boks federatsiyasi raisi Ochilboy Ramatov va bosh mutasaddilar qatnashdi.

Unda Ahmadaliyevga "O‘zbekiston iftixori" faxriy unvoni topshirildi. Bu haqda "Olamsport" nashri xabar berdi.

Bundan tashqari Murodjonga Prezident sovg‘asi sifatida Toshkent shahridan uch xonali uy va "Tracker" avtomobili taqdim etildi.