Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prezident yangi uy sohiblari bilan suhbatlashdi

Davlatimiz rahbari Buxoro shahrining Nizomiy mahallasida qurilgan zamonaviy uylarni borib ko‘rdi.

Ilgari bu hududda pana-pastqam, kanalizatsiyasi yo‘q uylar bo‘lib, shahar ko‘rkini buzib turardi. O‘tgan yili bu yerda 7 qavatli zamonaviy uylar, savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari barpo etildi.

Shavkat Mirziyoyev mehnat faxriysi Ne’mat ota Xotamov xonadoniga kirdi. Dasturxon atrofida dildan suhbat bo‘ldi.

Bu oila oldin shu mahalladagi eski uyda istiqomat qilar edi. Endi barcha ushbu zamonaviy mavzeda yashayotganidan rozi.

Prezident xalqimiz mana shunday zamonaviy sharoitlarda yashashga munosib ekanini ta’kidladi.

Shu yerda Buxoro viloyatida avtomobil yo‘llari qurish va ta’mirlash, Buxoro shahrida oqova suv inshootlari qurish, eski ko‘p qavatli uylar qiyofasini yangilash rejalari haqida axborot berildi.

Davlatimiz rahbari Toshkentga jo‘nab ketdi.