Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Prokuror 25 yil avvalgi xatolik uchun o‘qituvchidan uzr so‘radi

Farg‘ona viloyati sudi kassatsiya sudlov hay’ati tomonidan Bag‘dod tumani sudining 1994 yil 20 dekabrda Tursunxo‘ja Abdurahmonovga nisbatan chiqargan ayblov hukmi bekor qilindi, deb yozmoqda O‘zA.

Sudning hukmiga ko‘ra, T.Abdurahmonov bir dona qirqma ov miltig‘ini yotoqxonasidagi yostiq ostida va 41 gramm ko‘knor boshoqlarini mehmonxonasidagi deraza tokchasida qonunga xilof ravishda saqlaganlikda ayblangan va 2 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilinib, mehnatga majburan jalb qilingan edi. Viloyat sudi mazkur jinoyat ishini ko‘rib chiqib, uni jinoyat sodir etmagan, deb topdi va uni O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat protsessual kodeksining 83-moddasiga asosan reabilitatsiya qildi, ya’ni oqladi.

Sudda aniqlanishicha, o‘qituvchilar ish haqini oshirish haqida Prezidentga murojaat qilishgani uchun maktabning ilmiy mudiri T.Abdurahmonov o‘sha vaqtdagi viloyat ichki ishlar boshqarmasi boshlig‘i tomonidan uyushtirilgan bo‘hton qurboni bo‘lgan.