Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Pul haqida qiziqarli faktlar: 100 dollarlik kupyuradagi 10 kilogramm pul qancha bo‘lishini bilasizmi?

Pullar.... millionlab odamlarning orzusi bo‘lib qolgan ishtiyoqi, kuch va erkinlik beradigan vositadir. Ular haqida kitoblar yozilgan, filmlar yaratilgan, ko‘plab yorqin masal va aforizmlar mavjud.
Bugun pul bilan bog‘liq qiziqarli faktlar to‘plamini e’tiboringizga havola etamiz.

1. Yeyiladigan pullar
Turli mamlakat va madaniyatlarda, turli davralarda don, yong‘oq, o‘simlik moyi, shakar, tuz, mevalar, alkogol, choy, quritilgan go‘sht, kakao pul ekvivalenti yoki oddiygina “yeb bo‘ladigan” pul sifatida ishlatilgan.

2. Qog‘oz pullarining umri
Oddiy kupyuraning o‘rtacha ishlash muddati 2-3 yil. Ammo, dollar o‘rtacha 9 yilgacha yashaydi.

3. Plastik pullar


Avstraliya – plastik pullardan ommaviy ravishda foydalanishni boshlagan birinchi mamlakat. Bu mamlakat dollari yupqa plastikdan yasalgan. Endilikda ellikdan ortiq mamlakatlar plastikdan yasalgan banknotalardan foydalanmoqda.

4. Dunyoda eng keng tarqalgan kupyura


Dunyoda keng ommalashgan va eng ko‘p tarqalgan pul - bu AQShning 100 dollarlik kupyurasidir.

5. Spartalik pullar
Spartada pul sifatida sim chiviqlari ishlatilgan. Ular uzun, og‘ir, noqulay edi, bunday tayoqlarni olib kelish uchun arava kerak bo‘lardi. Hatto metallning o‘zi ham keyinchalik undan foydalanish uchun yaroqsiz bo‘lardi, chunki u sirkada botirilar edi. Bu mamlakat aholisi hirsga berilmasligi va boylik haqida kamroq o‘ylashlari uchun qilingan.

6. Bir million qancha yuk bosadi?
Bir million AQSh dollari, agar u faqat 100 dollarlik kupyurani tashkil etsa, 10 kilogramm yuk bosadi.

7. Birinchi qog‘oz pullar
Birinchi qog‘oz pullar Xitoyda XI asrning boshlarida pul o‘rnini bosuvchi kvitansiyalar sifatida ishlab chiqarilgan.

8. Mo‘yna pullar
Sharqiy slavyanlar arab mamlakatlari bilan savdo-sotiq qilishda suvsar terisidan foydalanishgan. Bunday hisob-kitoblarni ular "kun” deb nomlagan.

9. Og‘ir mukofot


1748 yilda Mixail Lomonosovga 2 ming rubl miqdorida davlat mukofoti to‘langan. O‘sha paytda mamlakatda qog‘oz pullar yo‘q edi, oltin va kumush esa yetarli bo‘lmagan. Shunday qilib, u uyiga 3,5 tonna mis tangalardan iborat sovrinni aravada olib ketdi.

10. Qirol siymosi


O‘z profilini tangalarga zarb qilishni buyurgan dunyodagi birinchi hukmdor Makedoniyalik buyuk Aleksandr bo‘lgan. Ammo o‘zining ismini birinchi bo‘lib pullarga yozdirgan Yuliy Sezar bo‘lgan.

Bahora tayyorladi.