Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Putin va Lukashenko tez orada yuzma-yuz uchrashadi

Bugun, 30 avgust kuni Belarus prezidenti Aleksandr Lukashenko yana bir bor Rossiya prezidenti Vladimir Putin bilan telefon orqali muloqot qildi, deya xabar beradi Lukashenko matbuot xizmati.

Davlat rahbarlari bugungi kun tartibidagi dolzarb masalalar, jumladan, ikki tomonlama hamkorlik, shuningdek, Belarusdagi ichki vaziyatni muhokama qilgan.

Prezidentlar yaqin orada o‘zaro uchrashishga kelishib olishdi. Xususan, bu muloqot Lukashenkoning Moskvaga qilinajak tashrifi doirasida amalga oshiriladi.