Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qalbingizda umid cho‘g‘lari so‘nmasin!

To‘rtta sham jimgina yonib, erib turardi. Shunday sukunat ediki, ular nima to‘g‘risida suhbatlashayotgani am eshitilardi.

Birinchi sham g‘amgin so‘z boshladi:

- Men “osoyishtalikman”... Afsuski, odamlar meni asray olmaydi. Kuyib tugashdan boshqa choram yo‘q, deb o‘chib qoldi.

Ikkinchi sham eshitilar-eshitilmas aytdi:

- Men “ishonchman”... O‘kinish bilan aytaman, hech kimga kerak emasman. Odamlar men haqimda biror narsa bilishni istashmaydi, shu sabab men kuyishni bas qilaman.

U jim bo‘lgach, yengil shamol esib shamni o‘chirdi.

Uchinchi sham ma’yuslik bilan so‘z boshladi:

- Men “muhabbatman”. Hatto o‘z cho‘g‘imni ham ushlab turishimga kuchim yetmay qoldi. Odamlar mening qadrimni bilishmaydi. Ular hatto o‘zining yaqin kishilarini ham yomon ko‘rishadi, - deb so‘nib qoldi.

To‘satdan xonaga bolakay kirdi, o‘chib qolgan shamlarni ko‘rib baqirib yubordi:

- Nima qilayapsizlar axir? Sizlar yonib, xonani ravshan qilib turishlaringiz kerak, men qorong‘ilikdan qo‘rqaman.

To‘rtinchi sham unga qarab:

- Qo‘rqmagin bolakay. Men yonib turibman, boshqa shamlarga ham cho‘g‘ ulashaman. Axir men “umidman”, - dedi.

Qalbingizdagi umid cho‘g‘lari hech qachon so‘nmasin!

Bahora MUHAMMADIYeVA tayyorladi.