Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qayta moliyalashtirish stavkasi pasaydi, endi kredit foizlari tushadi(mi?)

Markaziy bank boshqaruvi asosiy stavkani 1 foiz bandga pasaytirib, yillik 14 foiz darajasida belgiladi.

Ushbu qaror inflyasiyaning yanada sekinlashib yil yakunida prognoz ko‘rsatkichlariga erishish bo‘yicha ishonchning mustahkamlanishi, iqtisodiyotda ijobiy real foiz stavkalarini saqlab qolish zarurati, shuningdek, pandemiya sharoitida inflyasiyani pasaytirish va iqtisodiy faollikni qo‘llab-quvvatlash maqsadlari o‘rtasidagi muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi.