Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasini yuqtirib olgan tibbiy xodimlar soni 287 nafarni tashkil etmoqda

Qirg‘izistonda koronavirus infeksiyasini yutirib olganlar soni so‘nggi kecha-kunduzda 35 nafarga oshdi, kasallanganlarning umumiy soni 1468 nafarga yetdi. Bu haqda 26 may kuni respublika koronavirusga qarshi kurashish shtabi ma’lum qildi.

“26 may holatiga respublika bo‘ylab 35 nafar yangi koronavirus holati  aniqlandi. Ulardan 7 nafari tibbiy xodimlar. Mamlakatda kasallanganlar soni umumiy hisobda 1468 nafarga yetdi. Ulardan 287 nafari tibbiy xodimlar”, deya ta’kidladi shtab rahbari.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi kecha-kunduzda 23 nafar bemor tuzalgan va bugungi kunga qadar 1,8 ming nafar odam mamlakat bo‘ylab koronavirus test tahlilidan o‘tkazilgan. Umumiy hisobda 16 nafar bemor vafot etgan va sog‘ayganlar soni 1015 nafarga yetgan.