Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qirg‘izistonda ommaviy norozilik namoyishlari boshlandi

Qirg‘iziston poytaxti Bishkek shahrida 4 oktyabr kuni bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari natijalarini bekor qilish talabi bilan ommaviy norozilik harakati boshlandi. Bu haqda 5 oktyabr kuni “Sputnik Kirgiziya” xabar berdi.

Mag‘lubiyatga uchragan 12 ta muxolifat partiyaning 10 tasi saylovlarning dastlabki natijalarini tan olishdan bosh tortdi. “Bir Bol” partiyasi yetakchisi Altinbek Sulaymanov hukumat bilan bog‘liq bo‘lgan partiyalar ishtirokisiz yangi saylovlar o‘tkazishga chaqirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, bunday rasvo saylovlar hali bo‘lmagan va mamlakat butun dunyo oldida sharmanda bo‘lgan.

Qirg‘izistonda 4 oktyabr kuni o‘tkazilgan parlament saylovlarida ro‘yxatdan o‘tgan 3,5 million saylovchining 56,5 foizi qatnashdi. 16 ta partiya yangi parlamentning 120 o‘rni uchun kurash olib bordi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, to‘rtta siyosiy kuch saylov ostonasini kesib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan. Bunda “Birimdik” partiyasi 46, “Mekenim Kirgizstan” – 45, “Qirg‘iziston” - 16 va “Butun Qirg‘iziston” - 13 deputatlik mandatiga ega bo‘ldi.