Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qishloq joylarida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash bo‘yicha o‘tkaziladigan tanlov savdolari muddati uzaytirildi

Samarqand viloyati hokimligining rasmiy telegram kanali hamda “O‘zbekiston bunyodkori” gazetasining 2020 yil 3 iyuldagi (№50-51) sonida viloyati hokimligining 2020 yilda qishloq joylarida ko‘p qavatli uy-joylar qurish uchun tadbirkorlik sub’yektlarini tanlash yuzasidan №2020-01-sonli tanlov savdolari e’lon qilingan edi.

Mazkur e’londa qayd etilgan takliflarni topshirishning oxirgi muddati 2020 yil 3 avgust soat 10:00 dan 2020 yil 10 avgust soat 10:00 ga qadar o‘zgarganligini ma’lum qilamiz.

Samarqand viloyati hokimligi.