Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qishloq xo‘jaligini ekologizatsiyalash nima degani?

Tuprog‘imiz tilloga teng, yerimizning har qarichi bebaho. Chunki yer - rizq-ro‘zimiz manbai. Shuning uchun yerdan to‘g‘ri va oqilona foydalanish, saxovatli zaminimizga ziyon yetkazmay, uni salbiy ta’sirlardan muhofaza qilish barchamizning vazifamiz.

Afsuski, yerga bo‘lgan munosabat, uning unumdorligini yaxshilashdagi ishlarimiz talab darajasida emas. Insoniyat yashash tarixi davomida 2 milliard gektardan ortiq unumdor maydonni yaroqsiz holga keltirgan. Bundan tashqari, dunyo miqyosida tuproqning sho‘rlanishi, nurash va uning tashlandiq holga kelishi oqibatida har yili 5-7 million gektar yer maydonidan foydalanish imkoniyati yo‘qolmoqda. Bunday holatlar bizning yerlarimizda ham ro‘y bermoqda. To‘g‘ri, mamlakatimizda so‘nggi chorak asr mobaynida yerga egalik hissi kuchaydi, undan samarali foydalanish, unumdorligini oshirish va xossa-xususiyatlarini yaxshilash masalalariga jiddiy e’tibor berilmoqda. Lekin suv va shamol ta’sirida tuproq eroziyaga uchrab, joylarda antropogen omillarning ta’siri, o‘rmonzorlarni kesish, chorva mollarini noto‘g‘ri boqish va deh¬qonchilik qonunlariga amal qilmaslik hollari yuz bermoqda.

Qishloq xo‘jaligida cho‘llanish jarayoni ham jiddiy tahdid solmoqda. Bunda ko‘chma qumlar, barxanlar yo‘lini to‘sish, dala chetlari va terrasalar holida ixota daraxtzorlarini barpo qilish ishlari juda sust bormoqda. Shuningdek, hosildorlikni oshirish maqsadida ma’danli o‘g‘itlar va zaharli moddalardan me’yoridan ortiq foydalanish holatlariga yo‘l qo‘yilmoqdaki, bularning barchasi atrof-muhit, suv havzalari, o‘simlik va hayvonot dunyo¬siga, ekologik muvozanatning izdan chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, bularning oldini olish uchun nima qilish kerak?

Bunday ekologik muammolarni hal etishda qishloq xo‘jaligini ekologizatsiyalash muhim hisoblanadi. Agrotsenozlarni tabiiy ravishda boshqarish, o‘simliklarning kasallik va zarurkunandalarga qarshi biologik usulda kurashish, bir ekin o‘rniga ko‘p ekinlarni ekishga o‘tish, ekologik oqibatlarni chuqur, har tomonlama o‘rganib, yerdan foydalanilsa, sekin-asta ekologik muvozanat ta’minlanadi.

Zubaydulla IZZATULLAYEV,

biologiya fanlari doktori.

Xidirali BOTIROV,

qishloq xo‘jaligi fanlari doktori.