Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qiziqarli faktlar: 100 yoshgacha va undan ko‘p umr ko‘rganlarning 80 foizi ayollardir

  1. Bir kunda bolalar o‘rtacha 400 marta, kattalar esa 15 marotaba kuladi.
  2. Odam hayoti davomida 5 ta Yer ekvatoriga teng masofani bosib o‘tadi.
  3. Bolalar olti-yetti oylik paytida ham ovqat yeb, ham baravar nafas oladi. Kattalar buni uddalay olishmaydi.
  4. Charli Chaplin o‘z qiyofadoshlari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan tanlovda ishtirok etib, uchinchi o‘rinni egallagan.
  5. 2003 yili yana bir sport turi rasman ta’sis etildi. U boks va shaxmatni o‘zida birlashtirgan bo‘lib, shaxboks deb ataladi.
  6. Odam terisidagi tirik organizmlar yer yuzining jami aholisidan bir necha o‘n karra ko‘proqni tashkil etadi.
  7. Har 5 soniyada dunyoda 5 nafar chaqaloq dunyoga keladi.
  8. Dunyo bo‘yicha 365 million odam o‘z kompyuteriga ega. Yer yuzining teng yarim aholisi kompyuter va telefon nimaligini bilmaydi.
  9. 100 yoshgacha va undan ko‘p umr ko‘rganlarning 80 foizi ayollardir.