Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shnisi va qaynonasining uyida o‘g‘irlik sodir etgan ayol qo‘lga olindi

Joriy yilning may oyida 21 yoshli I.Yu. (ayol), Asaka tumani Yangiobod mahallasida yashovchi qo‘shnisi - 35 yoshli Sh.U.ga chorva hayvonlariga qarab qo‘yishini aytib, xonadonining kalitini qoldirib ketadi. Bundan foydalangan ayol yotoqxonaga g‘ayriqonuniy ravishda kirib, uy egasining 400.000 so‘m pullari va bir dona planshetini yashirin ravishda talon-toroj qilgan. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti xabar berdi.

Bundan tashqari, I.Yu. 2020 yil 21 may kuni qo‘shnisi - 18 yoshli J.K. (qiz bola) bilan o‘zaro oldindan jinoiy til biriktirib, o‘zining xonadonida qaynonasi - 47 yoshli O.Yu.ga tegishli bo‘lgan 2.550.000 so‘m pullarini yashirin ravishda talon-toroj qilib, qo‘lga kiritilgan pullarni o‘zaro taqsimlab olishgan.

Mazkur holat yuzasidan Asaka tumani IIB huzuridagi tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 3-qismi «a» bandi (o‘g‘irlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.