Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabot tumani hokimiga o‘rinbosar tayinlandi

Qoraboyev Maqsud Majidovich Qo‘shrabot tumani hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari etib tayinlandi.

Maqsud Qoraboyev 1978 yilning 18 fevralida Samarqand tumanida tug‘ilgan. 2004 yilda Samarqand qishloq xo‘jaligi institutini tamomlagan. Samarqand kimyo korxonasi qo‘riqlash xizmati xodimi, Samarqand shahridagi 29-maktab o‘qituvchisi, viloyat qishloq xo‘jaligi boshqarmasi meva-sabzavotchilik, polizchilik va uzumchilik bo‘limi bosh mutaxassisi, “Samarkand chiliuz” MChJ rahbari, Bosh prokuratura huzuridagi Agrosanoat majmui va oziq-ovqat xavfsizligi ta’minlanishi ustidan nazorat qilish inspeksiyasi katta inspektori vazifalarida mehnat qilgan.

Mazkur lavozimga qadar M.Qoraboyev Samarqand viloyati hokimining qishloq va suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha o‘rinbosari kotibiyati bosh mutaxassisi lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi.