Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotda shu kungacha 49 kishida koronavirus aniqlangan

Tuman hokimligi axborot xizmatining ma’lum qilishicha, shu paytga qadar Qo‘shrabotda 49 kiishida koronavirus bilan kasallanish holati qayd etilgan. Ularning 39 nafari yirik korxonalarda ishlovchi ishchi-xodimlar orasidan aniqlangan.

Bugungi kunda bemorlarning 46 nafari sog‘aygan, 1 nafari tuman tibbiyot birlashmasining yuqumli kasalliklar bo‘limida, 2 nafari uy sharoitida davolanmoqda. Og‘ir ahvoldagi bemorlar yo‘q.