Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qo‘shrabotliklarning ilmga intilishi sababi nimada?

Qo‘shrabot tumanida uyushtirilgan press-tur davomida jurnalistlardan biri tuman hokimiga ana shunday savol berdi.

– Qo‘shrabotliklar avvalo, juda kamtar, oddiy va samimiy insonlar, – dedi Himmat Oqbo‘tayev. – Ular mehnatkash, har qanday og‘ir sharoitda ham omilkorlik bilan ish tutadigan kishilar. Muhimi, boshqa joylarda ota-onalar farzandiga to‘la-to‘kis hayot yaratish uchun dang‘illama imoratlar qurib, zamonaviy mashinalar olib bersa, bu yerda har bir ota-ona orzu-havasni bolasiga yaxshi ta’lim-tarbiya berish, uni o‘qitishda deb biladi. Najot – ilmda, degan gapning ma’nisini xalqimiz juda teran anglaydi.