Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonda koronavirus bilan kurash olib borish uchun “Uch T” usulidan foydalanish taklif qilindi

“Ayni vaqtda koronavirusga qarshi vaksina yo‘qligi va unga qarshi jamoaviy immunitet ham shakllanmagani sababli “Uch T” usulidan foydalanish lozim”, dedi oliy iqtisodiyot maktabi sog‘liqni saqlash instituti direktori Larisa Popovich RBK agentligi bilan bo‘lgan suhbatda.

Ushbu usulga quyidagilar kiradi: trafik – ya’ni chegaralarni yopish, testing – kasallikning ertaroq oldini olish uchun keng ko‘lamli test tahlili o‘tkazish, shuningdek, treysing – kasallanganlar bilan aloqada bo‘lganlar zanjirini aniqlash.

“Biz mazkur usulni tatbiq etishni o‘rgandik. Shu sababli Qozog‘istondagi kasallik xurujiga qarshi qo‘llashimiz zarur”, deya ta’kidladi Popovich.

29 iyun kuni Qozog‘iston Prezidenti Qosim-Jo‘mart Toqayev koronavirusga qarshi kurashish Qozog‘iston davlat komissiyasiga mamlakatda qat’iy karantin joriy etilishi to‘g‘risida taklif ishlab chiqilishi to‘g‘risida ko‘rsatma bergan edi.