Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qozog‘istonning Olma-Ota shahrida dam olish kunlari uchun karantin choralari kuchaytirildi

Qozog‘istonning Olma-Ota shahri ma’muriyati koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish maqsadida dam olish kunlari uchun bir qator karantin chora-tadbirlarini kuchaytirdi. Jumladan, shahardagi yirik do‘konlar va bozorlar yopildi, jamoat transporti qatnovi to‘xtatildi. Bu haqda shahar meriyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Shunga o‘xshash cheklovlar 20-21 iyun kunlari respublika poytaxti va mamlakatning boshqa bir qator yirik shaharlarida ham joriy etilgan edi.

Qabul qilingan qarorga binoan shanba va yakshanba kunlari Olma-Ota  shahridagi barcha yirik savdo markazlari, yopiq bozorlar, maishiy xizmat ko‘rsatish shoxobchalari va fitnes klublar ishlamaydi, jamoat transporti xizmat ko‘rsatmaydi va odamlarga dorixona va uyi yaqinidagi do‘kondan boshqa joyga chiqishga ruxsat berilmaydi.