Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Qutqaruvchilar yong‘in paytida 3 nafar bolaning hayotini saqlab qoldi

Joriy yilning 16 avgust kuni Xorazm viloyati Urganch shahri Mahtumquli ko‘chasidagi 94-uyda yong‘in yuz bergan. Bu haqda FVV YoXBB OAV bilan hamkorlik qilish bo‘linmasi xabar berdi.

Voqea joyiga 3 ta yong‘in o‘chirish bo‘linmalari yuborilgan. Bo‘linmalar ko‘rsatilgan manzilga 6 daqiqada yetib borgan. Ko‘rilgan tezkor harakatlar natijasida yong‘in soat 20:05 da qurshab olingan va soat 20:45 da to‘liq o‘chirilgan. Yong‘in o‘chiruvchilar tomonidan uy egasining 3 nafar 2009, 2014 va 2018 yillarda tug‘ilgan nabiralari qutqarilgan hamda uyning 130 kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Yong‘in oqibatida uyning 70 kvadrat metr maydonida - tomi, shifti, uy jihozlari hamda uy egasiga tegishli “DAMAS” rusumli avtomobili yonib zararlangan.

Hodisaga elektr simlaridagi qisqa tutashuv sabab bo‘lgani taxmin qilinmoqda. Moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.