Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Quyosh Yerdagi supermagnitli bo‘ronga sabab bo‘ldi

Olimlarning aytishicha, Quyosh Yerdagi supermagnitli bo‘ronga sabab bo‘ldi, deb yozmoqda RIA Novosti.

Ushbu bo‘ron keyingi 1,5-2 yil ichida eng kuchli bo‘ldi.

“So‘nggi yillardagi voqealar bilan taqqoslaganda bu hodisa katta ahamiyatga ega. Keyingi bir yarim-ikki yilda bu qadar katta magnit bo‘roni kuzatilmagandi”, - deydi rentgen astronomiya laboratoriyasi ilmiy tadqiqotchisi Sergey Bogachev.

Bo‘ron radioaloqaga to‘sqinlik qilib, taxminan 10 soat davom etadi.

Olimning so‘zlariga qaraganda, voqea havoga ta’sirchan odamlarga sezilishi mumkin.