Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rahbarlar maktabda “Mustaqillik darsi”ni o‘tishmoqda

Keng, yorug‘ va shinam sinfxonalarda o‘quv yilining dastlabki darsi –“Mustaqillik saboqlari”ni o‘zlarining qadrdon ustozlaridan emas, tuman hokimligi va tashkilot, korxona rahbarlari ishtirokida o‘tayotgan  o‘quvchilarning qalbidan turli hayajon kechayotgan bo‘lsa ajabmas!

Prezidentimizning 23 avgust kuni bo‘lib o‘tgan videoselektordagi xayrli tashabbusining natijasi ularoq, bugun barcha rahbarlar o‘zlari faoliyat ko‘rsatadigan hududlardagi umumtalim maktablarida “Mustaqillik darsi”ni o‘tishmoqda.

Ertamiz egalarining istiqlol, bugun yurtimizning jahon hamjamiyatida tutgan o‘rni, qurmoqchi bo‘layotganimiz OBOD VA FAROVON  VATAN xususidagi savol-javoblari bilan ushbu saboq onlari bolalar xotirasida uzoq vaqt saqlanib qolsa ajabmas. Bulung‘ur tuman Adliya bo‘limi mutasaddilari tomonidan tumandagi 53-umumta’lim maktabida bo‘lib o‘tgan “Mustaqillik saboqlari” noan’anaviy tarzda o‘tdi.

Rahbarlarning maktablarda bolalarga dars o‘tish jarayonlari davom etmoqda.