Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ramazon oyida Samarqandda 159 nafar mahkum jazodan ozod etildi

Jinoyat ishlari bo‘yicha Samarqand viloyati sudi raisi o‘rinbosari O‘tkir Mamadaliyevning zarnews.uz ga ma’lum qilishicha, Ramazon oyi davomida viloyatdagi jinoyat ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 159 nafar mahkum muddatidan avval jazoni o‘tashdan shartli ozod qilindi, 14 nafar mahkumga tayinlangan jazo yengilrog‘i bilan almashtirildi. 

159 nafar mahkumdan 1 nafari qamoqdan ozod etilgan bo‘lsa, 77 nafari ozodlikni cheklash jazosidan, 72 nafari axloq tuzatish ishlari jazosidan, 9 nafari muayyan huquqdan mahrum qilish jazosidan ozod qilindi. Jazosi yengilrog‘i bilan almashtirilgan 14 nafar mahkumning barchasi qamoqdan oilasi bag‘riga qaytarilgan.  Ozod qilingan mahkumlardan 56 nafarini yoshlar tashkil qiladi.