Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Raqamli iqtisodiyotning afzalliklari nimada?

Davlatimiz rahbarining joriy yil 24 yanvarda Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida 2020 yilga Ilm-ma’rifat va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish yili, deb nom berishni taklif etdi. Buni butun o‘zbek xalqi iliq va xursandchilik bilan kutib oldi.

Xo‘sh, raqamli iqtisodiyotning nima afzalliklari bor?

Birinchidan, xufyona iqtisodiyotga chek qo‘yiladi. Tranzaksiyalar raqamli shaklda amalga oshirilganda ularni boshqarish oson bo‘ladi. Xaridor va sotuvchi o‘rtasidagi har qanday to‘lovlar rasmiylashtiriladi. Shu yo‘l bilan har qanday g‘ayriqonuniy tranzaksiyalarga chek qo‘yiladi. Naqd pul shaklidagi tranzaksiyalarni cheklagan hamda faqatgina elektron to‘lovlarni amalga oshirgan holda hukumat xufyona iqtisodiyotga barham berishi mumkin. Bunday to‘lovlar o‘z navbatida, soliq tushumlarining ortishiga olib keladi. Chunki raqamli shaklda amalga oshirilgan har bir tranzaksiya qayd etib boriladi.

Ikkinchidan, fuqarolarga yangi qulayliklar yaratadi. Raqamli iqtisodiyotning rivojlanishi yangi xizmat turlarining paydo bo‘lishi barobarida insonlarning tashvishlarini yengil qilishga xizmat qiladi.

Bunga bugun respublikamiz bo‘ylab faoliyat yuritayotgan Davlat xizmatlari markazlari misol.

Samarqand viloyati iqtisodiyot va sanoat bosh boshqarmasi axborot xizmati.