Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rasul Kusherbayev: Mahallada virus yuqmaydigan va yuqtirmaydigan "supermen" yoki "ledimen"lar ishlasa kerak

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev mahalla faollarining karantin qoidalariga zid holda olib borayotgan ishlari haqida ma’lum qildi.

"Bugungi kunning eng mantiqsiz va kulguli holati.

Menimcha mahallada odamlarmas, virus yuqmaydigan va yuqtirmaydigan "supermen" yoki "ledimen"lar ishlasa kerak.

Karantin qoidalariga rioya etish talab qilinib, uyda qolish so‘ralayotgan bir vaqtda mahallalarning mas’ul xodimlari uyda qolganlarning uyiga kirib atrofni o‘rganmoqda (albatta, o‘z xohishi bilan emas): nechta daraxt bor, nima ekilgan, nega ekilmagan, mana ogohlantirish va hokazo.

Uyda qol, begonani kiritma, kasallikdan saqlan, degan gaplardan mahalla xodimlarini shu ishga buyurayotgan mas’ullarning xabari yo‘q ko‘rinadi. Balki umuman bilishmas...

Tomorqachilikning targ‘iboti bilan masofaviy shug‘ullanish mumkinku.

Ayni vaqtda bunday kulgili topshiriq berayotganlarning harakati karantin talablarini inkor etish sifatida baholanib, boshqalar qatori teng javobgarlikka tortilishi shart", deb yozgan deputat.