Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Ravotliklar toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi

Past Darg‘om tumanining Ravot mahalla fuqarolar yig‘inida yangi suv inshooti foydalanishga topshirildi.

Mahallada 1,3 kilometrlik suv tarmog‘i tortilib, 100 ga yaqin xonadon toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi. Joriy yil tumanda “Obod qishloq” dasturi doirasida 3 ta yangi suv inshooti qurish va bittasini rekonstruksiya qilish ishlari orqali 8,7 kilometr yangi suv tarmoqlari tortish rejalashtirilib, belgilangan ishlar nihoyasiga yetkazildi.

Yil oxiriga qadar investitsiya dasturi dorasida yana 4 ta mahalla fuqarolar yig‘inida 18,4 kilometrlik ichimlik suvi tarmog‘ini tortish va rekonstruksiya qilish rejalashtirilgan.

Past Darg‘om tumani hokimligi axborot xizmati.