Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida joriy yilning 8 sentyabr kuni o‘tkazilgan tadbir yuzasidan

O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari I.Ne’matovning 2019 yil 30 iyuldagi 03-1/32570-sonli xatida AQSh va Kanada Buxoro yahudiylari Kongressi rahbari Boris Kandov boshchiligidagi (80 nafar) delegatsiyaning 2019 yil 2-9 sentyabr kunlari “Ziyorat turizmi” dasturi asosida yurtimizga tashrif buyurishi qayd etilgan.

Mazkur dasturga asosan 6 sentyabr kuni Samarqand shahrida Amerika va O‘zbekiston tadbirkorlari o‘rtasida hamkorlik masalalariga bag‘ishlangan biznes forum va boshqa tadbirlar, 8 sentyabr kuni “Registon” ansamblida mehmonlar uchun qabul marosimi o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Tashrif davomida 5 sentyabr kuni Samarqand shahrida joylashgan Buxoro yahudiylari qabristonining ta’mirdan so‘ng ramziy ochilish tadbiri, 6 sentyabrda mahalliy tadbirkorlar ishtirokida biznes-forum o‘tkazilib, forum doirasida bir qator sohalar bo‘yicha hamkorlik kelishuvlariga erishildi. Shuningdek, 7 sentyabr kuni “Regal Palas” mehmonxonasida mehmonlar uchun viloyat hokimligi tomonidan rasmiy qabul o‘tkazilib, tadbirda O‘zbekistonning Isroildagi turizm elchisi Xay Davidov chiqish qildi. Dastur doirasida 8 sentyabr kuni Registon maydonidagi Mirzo Ulug‘bek madrasasida “OR-AVNER” senogogi, Samarqand yahudiylar birlashmasi tomonidan delegatsiya a’zolari uchun qabul o‘tkazilgan.

Bu kabi tadbirlar Registon maydoni Ulug‘bek madrasasida rasmiy delegatsiyalar uchun tegishli tartibda tasdiqlangan dasturlar asosida tashkil etib kelingan.

Samarqand viloyati hokimligi axborot xizmati.