Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Repperlar o‘rtasidagi janjal yuzasidan tekshiruv boshlandi

Internet tarmoqlarida «Toshkentda repperlar o‘rtasida ishkal», deb nomlangan video tarqaldi. Toshkent shahar IIBB hodisa yuzasidan tekshiruv boshladi.

Mazkur videotasvirni o‘rganish jarayonida quyidagilar aniqlandi:

Holat 2020 yil 26 sentyabrda soat 15:30 larda Yunusobod tumanidagi «Zarafshon» savdo-ko‘ngilochar markazi yonida sodir bo‘lgan. Yaqin o‘rtada xizmat olib borayotgan ichki ishlar organlari xodimlari janjalni ko‘rib, zudlik bilan hodisa joyiga yetib borgan. Biroq janjal ishtirokchilari ichki ishlar organlari xodimlarini ko‘rib qochib ketgan.

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilib, janjal ishtirokchilarining shaxsiga aniqlik kiritilmoqda.

Mazkur holat Toshkent shahar IIBB rahbariyati tomonidan nazoratga olindi. Tekshiruv yakuni bo‘yicha qo‘shimcha ma’lumot beriladi, deyiladi xabarda.