Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga qabul boshlandi

Bugundan 2020/2021 o‘quv yili uchun Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universiteti Samarqand filialiga abituriyentlardan hujjat qabul qilish boshlandi.
Filialdan ma’lum qilishlaricha, koronavirus infeksiyasi bilan bog‘liq pandemiya sababli abituriyentlar http://qabul.rgusport.uz/ elektron dasturi orqali onlayn shaklda ro‘yxatdan o‘tishlari mumkin.
Ro‘yxatdan o‘tish 2020 yilning 15 avgust – 10 sentyabr kunlariga (o‘sha kuni ham) belgilangan.
Kirish imtihonlari respublikada epidemiologik vaziyat barqarorlashishidan kelib chiqib o‘tkaziladi.
Rossiya davlat jismoniy tarbiya, sport, yoshlar va turizm universitetining Samarqand filialiga 2020/2021 o‘quv yili uchun 150ta kvota (45 ta davlat granti, 105 ta to‘lov-shartnoma asosida) ajratilgan.