Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiya mamlakat hududiga kirishi taqiqlangan Yevropa Ittifoqi fuqarolari ro‘yxatini kengaytirdi

Moskva Rossiya hududiga kirishi taqiqlangan Yevropa Ittifoqi fuqarolari “qora ro‘yxati”ni kengaytirmoqda. Ushbu qaror Bryussel tomonidan amalga oshirilayotgan harakatlar sababli qabul qilindi. Bu haqda 23 sentyabr kuni Rossiya Federatsiyasi TIV rasmiy vakili Mariya Zaxarova xabar berdi.

“So‘nggi vaqtlarda Yevropa Ittifoqi mamlakatimiz va Rossiya fuqarolariga nisbatan bir qator noo‘rin harakatlar amalga oshirdi. Yevropa Ittifoqi amaldagi xalqaro me’yorlarni chetlab o‘tib, ba’azan mutlaqo bema’ni bahonalar bilan o‘zining sanksiyalarini kengaytirishda davom etmoqda. YeIni bir necha bor bu harakatlarning salbiy oqibatlari haqida ogohlantirdik. Biroq YeI bizning faktlarga asoslangan professional muzokaralar o‘tkazish taklifimizni rad etib, ilgarigidek sanksiyalar tilini tanlamoqda”, dedi Zaxarova brifingda.

“YeIning harakatlariga javoban Rossiya tomon ittifoqqa a’zo davlatlar va institutlarning Rossiya Federatsiyasi hududiga kirishini taqiqlovchi ro‘yxatni kengaytirish qarorini qabul qildi. Rossiya ro‘yxatiga kiritilgan shaxslar soni YeI ro‘yxatida mavjud raqamlarga tenglashtirildi”, qo‘shimcha qildi u.