Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyada birinchi 5G telefon minorasi yoqib yuborildi. Odamlar 5G tatbiq etilishidan nega qo‘rqishmoqda?

Shimoliy Osetiyaning Nogir nomli qishloq yonidagi bazaviy stansiya yoqib yuborildi, buning oqibatida mahalliy aholi aloqasiz qoldi. Resuplika rahbari bu ish 5G aloqasiga qarshi kurashuvchilar tomonidan uyushtirilgan bo‘lishi mumkin ekanligini ta’kidladi.

Rossiyada so‘nggi vaqtlarda mobil aloqa va 5G aloqasining tatbiq etilishiga qarshi kurashuvchi faollar ko‘paymoqda. Shimoliy Osetiya rahbari Vyacheslav Bitarovning so‘zlariga ko‘ra, Nogir qishlog‘i aholisini aloqa bilan taminlaydigan minorani 5G texnologiyasiga ishonmaydigan, mazkur texnologiya nurlantiruvchi hususiyatga ega va odamlarga “chiplar” o‘rnatilishiga mo‘ljallangan deb hisoblovchi mahalliy faollar tomonidan yoqib yuborilgan bo‘lishi mumkin. Bu haqda TASS nashri xabar berdi.

“Ko‘pchilik koronavirus yo‘q, hech qanday xavf ham yo‘q, deb ta’kidlamoqda. Go‘yo bularning barchasi odamlarni qo‘rqitib, rezervatsiyalarga haydab, keyin 5G antennalarini o‘rnatib, odamlarni nurlantirib, hushlarini yo‘qotganlaridan so‘ng ularga chiplar o‘rnatilishidan manfaatdor qandaydir noma’lum kuchlar tomonidan uyushtirilgan”, dedi Vyacheslav Bitarov.

Mobil aloqalari bazaviy stnatsiyalariga hujumlar ketma-ketligi dastlab Yevropada boshlandi. Buyuk Britaniyada bir oy ichida 20 dan oriq minora yoqib yuborildi. Niderlandiyada esa to‘rt nafar bunday holat qayd etildi. Barcha holatlarning sababi bir xil – go‘yo 5G yordamida odamlarni chiplashtirish boshlanadi yoki uning yordamida keraksiz odamlar qirib tashlanadi.

5G aloqasi atrofidagi shov-shuvlar bilan bog‘liq haqiqatga to‘g‘ri kelmaydigan xabarlarni asosan oddiy odamlar (mutaxassis bo‘lmagan odamlar) tarqatadi. Ular ma’lumotlarni ijtimoiy tarmoqlarga joylaydi, “haqiqatlarni ochib tashlovchi” videolavhalar tayyorlaydi va odamlarning “ko‘zlarini ochishga” o‘rinadilar. Bunday videolavhalar millionlab tomoshabin yig‘a oladi, shu jumladan, rus tilidagi internet olamida ham.

5G fitnalar nazariyasining so‘nggi namunalarida Microsoft kompaniyasi asoschisi va uning sobiq rahbari bo‘lgan Bill Geyts nomi ko‘p tilga olinmoqda. Bill Geyts 5G tatbiq etishdan tortib koronavirusni yaratganlikda, turli yomon ta’sirli emlashlarning tatbiq etilishida, jahon fitnasida, “chiplashtirishda”, “zombilashtirishda” hatto insoniyatni qirib tashlashga o‘rinishda ham ayblanmoqda.

5G aloqasi atrofida tarqatilayotgan shov-shuvli xabarlar qanchalik haqiqatga yaqin?

Hozirgi kunda 5G va undan oldingi mobil aloqa avlodlarining xavfli ekanligini ilmiy tasdiqlovchi bironta ham dalil yo‘q. Internetda tarqalayotgan barcha “hayratlantiruvchi haqiqatlar”, uydirma farazlar va o‘ylab topilgan fitnalar nazariyasiga asoslangan. 5G mobil aloqasi 4G aloqasidan deyarli farq qilmaydi. Beshinchi avlod mobil aloqasi faqatgina bir necha barobar tez ishlash xususiyatiga ega.