Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyadagi bomba zavodida portlash bo‘ldi, sabablar noma’lum qolmoqda

Rossiya rasmiylari 1 iyun kuni Dzerjinsk shahrida joylashgan portlovchi moddalar zavodida sodir bo‘lgan portlashni tergov qilmoqda.

Favqulodda vaziyatlar vazirligi rasmiysi Valeriy Sinkov portlash ortidan 700 nafar ishchi hodisa joyiga safarbar qilinganini ma’lum qildi.

Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi portlashlar ortidan 89 nafar odam tibbiy yordam so‘rab shifoxonaga murojaat qilganini bildirdi.

Vazirlik rasmiysi jarohat olganlarning aksari o‘tkir jismlardan jarohat olganini ta’kidladi.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, “Kristall” zavodida uch portlash sodir bo‘lgan. Zavod Rossiya Mudofaa vazirligi uchun kuchli bombalar tayyorlab kelgan.