Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyadagi konda halok bo‘lgan o‘zbekistonliklar haqida FVV ma’lumot berdi

Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayonida sodir bo‘lgan yong‘inda vafot etgan o‘zbekistonliklar haqida FVV xabar berdi.

Rossiya Federatsiyasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan xabarga ko‘ra, 2019 yilning 8 dekabr kuni mahalliy vaqt bilan soat 03:30 da Rossiya Federatsiyasining Sverdlovsk oblasti, Tazovsk rayoni, “Stroy Proyekt Servis” MChJga tegishli bo‘lgan, ishchilar yashashi uchun mo‘ljallangan vagon noma’lum sabablarga ko‘ra yonib ketgan.

Sodir bo‘lgan yong‘in natijasida, vagonda bo‘lgan 4 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 3 nafari voqea joyida vafot etgan va 1 nafari 35 foiz kuyish tan jarohati olib, rayon markaziy shifoxonasiga yotqizilgan.

Vafot etgan fuqarolar:
1. Ergashev Abdumalik Yaxshilikovich, 1972 yilda tug‘ilgan;
2. Aliqulov Safarali Suyun o‘g‘li, 1998 yilda tug‘ilgan;
3. Djumoyev Ergash Binoyevich, 1983 yilda tug‘ilgan.
Tan jarohati olgan fuqaro:
1. Omanov Tolibjon Butayevich, 1966 yilda tug‘ilgan.
Hozirda mutasaddi tashkilot va idoralar bilan hamkorlikda marhumlarning jasadlarini vatanga qaytarish bilan bog‘liq tashkiliy tadbirlar amalga oshirilmoqda.