Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rossiyalik deputat o‘zbekistonlik qizaloqni asrab oldi

Rossiya Davlat Dumasi deputati Vitaliy Milonov NTVdagi “Sekret na million” ko‘rsatuvida onasi tashlab ketgan qizaloqni qanday asrab olganini aytib berdi. Bu haqda Sputnik xabar qildi.
Xabarda aytilishicha, uning onasi O‘zbekiston fuqarosi, u Sankt-Peterburgdagi restoranlardan birida ishlagan. Ayolning farzandi tungi smena vaqtida dunyoga kelgan. Ayol 8 soat davomida bola bilan bo‘lgan. Lekin keyin uni skameykada qoldirib ketgan. Qutqarish xizmatlari bolani tezda topib olishgan.

Milonov ushbu qizaloq haqida mahalliy OAVlar xabaridan bilib olgan va bolani o‘z oilasiga olishga qaror qilgan.
Ayni damda u gimnastika bilan shug‘ullanmoqda va figurali uchish bo‘yicha sportchi bo‘lishni orzu qilmoqda. Yaqinda qizaloq 5 yoshga to‘ladi. Milonov o‘z farzandini “Donechka“ deb chaqiradi.