Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rustam Xolmurodov 70 yoshga to‘ldi

Samarqand davlat universiteti rektori Rustam Xolmurodov 1949 yil 16 avgustda Samarqand shahrida tavallud topgan.

R.Xolmurodov 1972 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish institutini sanoat-fuqarolik qurilishi mutaxassisligi bo‘yicha tugatgan. U texnika fanlari doktori, professor.

Mehnat faoliyatini 1977 yil Samarqand davlat arxitektura-qurilish instituti temirbeton va tosh qurilmalari kafedrasi assistenti, katta o‘qituvchisi vazifasidan boshlagan. Ko‘p yillar ta’lim sohasida faoliyat yuritgan.

2003-2004 yillarda Samarqand viloyati hokimi lavozimida ishlagan.

Rustam Xolmurodov 2016 yildan buyon Samarqand davlat universiteti rektori.

2017 yilda “El-yurt hurmati” ordeni bilan mukofotlangan.