Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Rustam Xolmurodov, Samarqand davlat universiteti rektori:

– Bu yil mamlakatimiz iqtisodiyotiga investitsiya kiritishda yangi davr boshlanishi shubhasiz. Davlatimiz rahbari, tegishli vazirlik va idoralar, mahalliy hokimliklar bu masalaga alohida e’tibor qaratmoqda. Lekin investitsiya bilan har bir oila, har bir yurtdoshimiz shug‘ullanishi lozim. Oiladagi investitsiya farzandlarga, ularning ta’lim-tarbiyasiga kiritilishi zarur. Dabdabali to‘ylarga sarflaydigan mablag‘imizni farzandlarimizning yaxshi yashashi, zamonaviy ilmlarni o‘rganishi, yetuk mutaxassis bo‘lishi uchun sarflaylik. Bu investitsiya kelajakda o‘zimizga, yurtimizga o‘n karra, yuz karra ziyod bo‘lib qaytadi.