Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand bu yil 500 ming xorijiy sayyohni kutmoqda

O‘tgan yili viloyatimizda  100 dan ortiq davlatlardan 351 ming chet ellik hamda 2 mln. mahalliy  sayyohlar tashrif buyurib, ularga 116.7 mln. dollarlik xizmatlar ko‘rsatildi. Bu haqda viloyat hokimining o‘rinbosari B.Nurullayev viloyat Kengashi deputatlariga  hisobotida ma’lum qildi.

Joriy yilda viloyatimizda 500 ming xorijiy va 2.5 mln. mahalliy sayyohlar kelishi kutilmoqda. Turistik xizmatlar sifatini va ko‘lamini kengaytirish, ularning vaqtini mazmunli tashkil etishda shart-sharoitlar yaratish evaziga sayyohlarning viloyatimizda bo‘lish muddati 3-3.5 kungacha uzayadi. Turistik xizmatlar eksporti 220 mln. dollarga yetkaziladi.