Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand davlat universiteti QS`ning mintaqaviy reytingidan joy oldi

Londonda Quacquarelli Symonds xalqaro agentligi tomonidan rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari bo‘yicha 2021 yil uchun eng kuchli universitetlar reytingi (QS Emerging Europe and Central Asia University Rankings) e’lon qilindi.

Mazkur mintaqaviy reytingda ilk marotaba O‘zbekistonning to‘rtta oliy ta’lim muassasasi o‘rin egalladi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi xabar berdi.

Rivojlanayotgan Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari o‘rtasidagi reytingda quyidagi OTMlar reytingga kirdi:

- Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalashtirish muhandislari instituti (251-300-o‘rin);

-  Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (351-400);

-  Samarqand davlat universiteti (351-400);

- Toshkent davlat texnika universiteti (351-400).

Ushbu mintaqa bo‘yicha reytingda eng yuqori o‘rinlarni M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universiteti (Rossiya), Tartus universiteti (Estoniya), Sankt-Peterburg davlat universiteti (Rossiya) va Karlov universiteti (Chexiya) egallagan.