Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand hunarmandchilik durdonalari Qo‘qonda namoyish etiladi

“Hunarmandlar”  markazida joriy yilning 10-15 sentyabr kunlari Qo‘qon shahrida bo‘lib o‘tadigan xalqaro hunarmandchilik festivaliga bag‘ishlangan “Samarqand hunarmandlari” ko‘rgazmasi o‘tkazildi.

Ko‘rgazmada 50 nafardan ortiq hunarmandlar o‘z mahsulotlari bilan ishtirok etdi. Har bir hunarmandning ijod mahsulini kuzatar ekanmiz, avvalo uning yasagan mahsuloti san’at darajasida ekanligi, o‘ziga xos yo‘nalishlarda yondashilganligi, ota-bobolarimizdan bizga meros kasblarni yangi ko‘rinishda namoyish etayotganligi bilan e’tiborimizni tortdi.

-  Zardo‘zchilik bilan yoshligimdan shug‘ullanib kelaman,  - deydi Zulxumor Zoxidova. – An’analarni rivojlantirgan holda yangi-yangi mahsulotlarni yaratishga, hunarimizni rivojlantirishga harakat qilayapmiz. Mahsulotlarimizga rassom, o‘ymakor ishini ham mushtarak etib, turli ranglarni uyg‘unlashtirib bezak berayapmiz. Yevropa davlatlarida bo‘lganimizda ularning zardo‘zlik san’atiga bo‘lgan e’tibori bizlarni ruhlantirib yubordi.

Respublika “Hunarmandlar” uyushmasi viloyat boshqarmasi boshlig‘i Umid Hakimovning aytishicha, mazkur ko‘rgazmada ishtirok etgan hunarmandlarning mahsulotlari ilk bor o‘tkazilayotgan hunarmandchilik festivaliga saralab olinadi, xato va kamchiliklari yozasidan tegishli tavsiyalar beriladi.