Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘lida Labo haydovchisi piyodani urib yubordi, u halok bo‘ldi

Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanida 2019 yil 14 may kuni vaqtincha Samarqand shahar Gasparali ko‘chasida yashovchi 32 yoshli O‘.T. boshqaruvidagi Labo rusumli avtomashinasini Nayman MFY hududidan o‘tuvchi Samarqand-Kattaqo‘rg‘on yo‘lining 6-km.da haydab ketayotib, yo‘lni kesib o‘tayotgan piyoda, Chortut mahallasida yashagan 50 yoshli M.I.ni urib yuborgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va OAV bilan aloqalar boshqarmasi xabar beradi.

Natijada M.I. jarohat olib, kasalxonaga olib ketilayotgan vaqtida vafot etgan. Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.