Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

“Samarqand kitob olami” o‘zining ilk filialini ochdi

“Samarqand kitob olami” ma’naviy-ma’rifiy majmuasining Samarqand tumani filiali ish boshladi.

Tumanning Usmon Yusupov ko‘chasida joylashgan mazkur ma’naviyat maskanining ochilishida tuman hokimligi vakillari, madaniyat xodimlari hamda ijodkor yoshlar qatnashdi. Kutubxona zamonaviy tarzda qurilgan bo‘lib, kitobxonlar o‘tirib kitob o‘qishi va sotib olishi uchun barcha qulayliklar yaratilgan.

– Bu "Samarqand kitob olami"ning tumandagi birinchi bo‘limi, - deydi kutubxona muassisi A.Mahmudov. – Bunday kutubxonalarni viloyatimizning boshqa tuman va shaharlarida ham ochishni rejalashtirdik. Bizning maqsadimiz chekka joylarga kitob yetkazish orqali insonlarning ma’naviyati va dunyoqarashini oshirish. O‘ylaymizki, odamlarni kitob o‘qishga o‘rgatish keng yo‘lga qo‘yilsa, albatta, yaxshi natijalarga erishamiz.

Tadbirda iqtidorli yoshlar o‘rtasida mushoira tashkil etildi.