Android qurilmalar uchun Zarnews.uz mobil ilovasi. Yuklab olish x

Samarqand qurilish kollejiga direktori tayinlandi

O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligining buyrug‘iga asosan Rasulov Oybek Berdiqulovich Samarqand qurilish kolleji direktori etib tayinlandi.

Oybek Rasulov Payariq tumanida tug‘ilgan. 2014 yilda Samarqand davlat universiteti ximiya va iqtisodiyot fakultetlarini tamomlagan.

O‘z mehnat faoliyatini 1999 yilda Samarqand qishloq xo‘jalik institutida o‘qituvchilik lavozimida boshlagan. 2001 yildan Samarqand san’at kollejida xo‘jalik ishlari va o‘quv ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2011 yilda kollej direktori vazifasida ishlagan.

2013 yilda Samarqand qurilish va milliy hunarmandchilik kasb-hunar kollejida bo‘lim boshlig‘i, 2015 yildan boshlab direktor lavozimida ishlagan.